Moskvaning Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish qaroridan keyin Tramp amerikaliklarni duo qilishga chaqirdi

"Bu holatga biz sababchi boʻldik — hukumatingiz noqobil odamlar tomonidan boshqarilsa, shunday boʻladi. Hozir sizga ayta oladiganim, faqat: ibodat qiling!", deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq, Vladimir Putin “Rossiya 24” telekanaligabergan intervyusida Moskva va Minsk Belarus hududiga taktik yadro qurolini joylashtirishga kelishib olganini ma'lum qildi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadamga Buyuk Britaniyaning Ukrainaga tugatilgan uran bilan o‘q-dorilar yetkazib berish to‘g‘risidagi bayonoti sabab bo‘lgan.
Shu bilan birga, Putin Belarus uzoq vaqtdan beri Rossiya yadro qurolini o‘z hududida joylashtirishni so‘raganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva AQSh o‘nlab yillar davomida qilgan ishni qilyapti.






