Tramp Baydenning layoqatsizligi tufayli uchinchi dunyo tahdidini e'lon qildi

Amerika prezidenti Jo Baydenning zaifligi uchinchi jahon urushi tahdidini yaratmoqda. Bu haqda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Konroda (Texas shtati) tarafdorlari oldida soʻzlagan nutqi davomida maʼlum qildi.
Shuningdek, u Baydenning prezidentlik davrida KXDR avvalgiga qaraganda koʻproq ballistik raketalar sinovini oʻtkazayotganini taʼkidlagan. Bundan tashqari, Trapmning soʻzlariga koʻra, Amerika qoʻshinlarining Afgʻoniston olib chiqilishi “halokatli” boʻlgan.
Sobiq prezidentning qayd etishicha, AQSH hukumati birinchi navbatda Ukrainaning emas, balki oʻz chegaralarini himoya qilish haqida qaygʻurishi kerak.






