Tramp notiqligi va sotgan NFTlaridan topgan daromadini ochiqladi

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp 14-aprel kuni Federal Saylov Komissiyasiga shaxsiy moliyaviy ma'lumotlarini taqdim etib, nutq so'zlash va raqamli savdo kartalarini sotishdan olgan daromadlarini ochiqladi.

Hujjatda Trampning boyligi kamida 1,2 milliard dollarga baholangan. Xususan, u birgina Mar-Lago kurortidan 5 million dollardan ortiq foyda olgan.

2021-yil boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi arafasida yuz bergan namoyishlar oqibatida uning turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlangan edi. Shundan soʻng u “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻi ortida turgan “Trump Media & Technology Group” kompaniyasidan deyarli daromad qilmagan. Tramp 90 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi mazkur kompaniya hujjatda 5 mln dollardan 25 mln dollargacha baholangan.

Hujjatda keltirilishicha, sobiq Prezident oʻzining ijtimoiy tarmogʻidan yaxshi daromad olmagan boʻlsada, NFT toʻplami ortida turgan “CIC Digital” kompaniyasidan 100 000 dan 1 mln dollargacha foyda koʻrgan.

NFTlar dastlab 99 dollarga baholangan, biroq ularning ba'zilari minglab dollarga sotilgan. To'plam bir necha soat ichida sotilib ketib, 1 million dollardan ortiq daromad keltirgan. Shuningdek, Tramga memuar kitobi — “Shartnoma sanʼati” ham 100 ming dollardan 1 million dollargacha foyda koʻrish imkonini bergan.

Bundan tashqari, 76 yoshli Tramp notiqligi ortidan boyligini 5 million dollarga koʻpaytirgan.