Trampning Twitterdagi obunachilari bir necha soat ichida 25 millionga yetdi

20-noyabr kuni tongda Twitterning yangi egasi Ilon Mask AQShning 45-prezidenti Donald Trampning akkauntini tiklagani ma’lum bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, akkaunt blokdan chiqarilgandan so‘ng uning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilari soni 25 million kishini tashkil etgan.

Eslatib o'tamiz, Twitter 2021-yil boshida Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirganidan so‘ng uning akkauntini to‘xtatib qo‘ygan edi.