Transafgʼon temir yoʼli loyihasini ilgari surish masalasi koʼrib chiqildi

OHIChK sammiti doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara oʼtkazdi. Аvval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat oʼrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʼrib chiqildi.

Oʼzbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi oʼzaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.

Аfgʼonistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga koʼmaklashish maqsadida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yoʼlini qurish boʼyicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.