Transformer uchar avtomobil parvozga yaroqlilik sertifikatini qo’lga kiritdi

Mashinadan samolyotga o’zgarishi mumkin bo'lgan avtomobil sinovlardan muvafaqqiyatli o'tgach parvoz sertifikatiga ega bo’ldi.

Uchar mashina soatiga 100 milya (160 km/soat) tezlikda va 8000 futdan (2500 m) ortiqroq balandlikda harakatlanishga qodir.

Transformatsiya jarayoni uchun ikki daqiqadan ko'proq vaqt sarflanadi. Ushbu avtomobil Slovakiya transport boshqarmasi tomonidan sertifikatlangan.

Iyun oyida uchar mashina Nitra va Slovakiyaning Bratislava xalqaro aeroportlari o‘rtasida 35 daqiqalik sinov parvozni amalga oshirgan.

Kompaniya BBC News ga bergan ma’lumotiga qaraganda, yaqin kelajakda Londondan navbatdagi parvozni amalga oshirish rejalashtirilgan.

G'arbiy Angliya universitetining avionika va samolyot tizimlari bo'yicha katta ilmiy xodimi doktor Stiv Raytning ta'kidlashicha, bu yangilik “AirCars” kompaniyasi uchun "yaxshi qadam" hisoblanadi. Ammo, buning uchun hali yana biroz vaqt talab qiladi, deya ta’kidlab o’tdi u.

Boshqa ko’plab kompaniyalar ham yerda yuradigan va havoda parvoz qiladigan transformer avtomashinalar ustida ish olib borishmoqda.

Girokopter kabi uchadigan uch g'ildirakli PAL-V Liberty Yevropada yo'l harakati tomonidan yo’lda yurish uchun yaroqli deb tan olingan va u Yevropa Ittifoqi Aviatsiya xavfsizligi agentligi sertifikatiga ega bo’lgan.

Ammo, doktor Raytni uchar mashinalar qanchalik ommabop bo'lishi havotirga solmoqda.