Transport tizimida kunlik «plani»ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi

Endilikda O’zbekistonda mablagʼ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.
Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim boʼladi. Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli toʼlovni oladi.
Shu paytgacha boʼlgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Bundan tashqari, aholiga qulay yoʼl haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi koʼrib chiqilmoqda.






