Transport va logistika sohasida yangi imkoniyatlar

16-maydan boshlab "DP World" kompaniyasi delegatsiyasi ish safari doirasida O'zbekistonda. Delegatsiya Transport vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi va Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati bilan ishchi uchrashuvlar o'tkazdi.

Eksport-import jarayonlarini bojxona rasmiylashtiruviga sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida zamonaviy AT-yechimlarni integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.


O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri hamda "DP World" amirlik kompaniyasining rahbariyati bilan raqamli texnologiyalar va logistika bo'yicha bosh operatsion direktori Mayk Bhaskaran vakilligida uchrashuv o'tkazdi.


O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va barcha tashqi iqtisodiy ishtirokchilarning yagona tizimga qo'shilishi uchun raqamli infratuzilmani yaratish masalasi ko'rib chiqildi. O'z navbatida, Amirliklar tomoni ularni O'zbekistonda amalga oshirishda ko'maklashishga, shuningdek ushbu sohada zamonaviy dasturiy ta'minot va texnologik yechimlarni taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

 

O'zbekiston hududidan o'tadigan yuk tashish hajmini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini yengillashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyoda asosiy logistika markazi sifatida O'zbekistonning mavqeini mustahkamlash maqsadida yirik markaz va Toshkent viloyatidagi erkin iqtisodiy zona qurilishi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Dubay amirligi (BAA) hukumati tomonidan ishga tushirilgan "World Logistics Passport" (WLP) xalqaro savdoni rivojlantirish dasturiga O'zbekistonning qo'shilishi masalasi ko'rib chiqildi. Tegishli bitimni shu oy oxirigacha imzolashga kelishib olindi.


World Logistic Password (WLP) - rivojlanayotgan bozorlar o'rtasidagi savdo imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan katta tashabbusdir. Ushbu tashabbus samarasiz logistika - logistika va savdo kompaniyalari uchun sodiqlik dasturi orqali mavjud savdo yo'llarini takomillashtirish va yangilarini rivojlantirish kabi savdo to'siqlarini bartaraf etishni nazarda tutadi.