Transport vazirligi "Toshkent transporti" ilovasini ishga tushirdi

Mazkur ilova Android va iOS foydalanuvchilari uchun mavjud. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ilovada quyidagi funksiyalar mavjud:
• Tanlangan yo'nalish bo'yicha jamoat transportining harakatini kuzatib borish;
• Eng tez va hamyonbop marshrutlarni topish;
• Yo'nalishlarning vaqti va narxi haqida ma'lumot olish;
• Kerakli jamoat transportining bekatlari haqida ma'lumot olish;
• Elektron transport kartalari uchun savdo nuqtalarini tezda toping va qo'shing;
• Tez kirish uchun marshrutlar, avtobuslar, bekatlar sevimli yo'nalishlar ro'yxatiga qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, "Toshshahartransxizmat" 2016-2017 yillarda ToshBus va MyBus ilovalarini ishlab chiqqan, bunda poytaxtdagi avtobuslarning harakatini real vaqtda kuzatish mumkin edi.






