Tsukerberg Facebookning yangi nomini e'lon qildi

Milliarder Mark Tsukerberg "Facebook" kompaniyasining nomini o'zgartirishni e'lon qildi. Endi u Meta deb ataladi.
Facebook kompaniyasi xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmog'i, "Instagram" va "WhatsApp" nomini o'zgartiradilar. Endi ular Meta deb ataladi. Tsukerberg Connect konferentsiyasida bu haqda e'lon qildi, uning efirga uzatilishi Reuters YouTube kanalida mavjud.
Tsukerberg kompaniyaning yangi logotipini ham taqdim qildi, u abadiylik belgisi ko'rinishidagi shaklga ega. Kompaniya shuningdek, yangi saytni ishga tushirdi.
Kompaniya nomini o'zgartirmoqchiligini haqida 20 oktyabr kuni The Verge ishonchli manbaga asoslanib xabar bergan edi.
Tsukerbergning fikriga ko'ra, virtual makon internetning kelajagi bo'lib, unda inson nafaqat kontentga qaraydi, balki u yerda to'liq ishtirok etadi.






