Turar-joylar qurilishida qariyb 8,9 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida turar-joy qurilishida jami 8893,2 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Turar-joylar qurilishida o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmida:
— respublika budjeti mablag‘lari hisobidan – 87,0 mlrd. so‘m
— korxona va tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan – 21,0 mlrd. so‘m
— aholi mablag‘lari hisobidan – 7553,3 mlrd. so‘m
— boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan – 1231,7 mlrd. so‘m






