Turin politexnika universitetida “Toshkent - barqaror shahar” mavzusida seminar o'tkazildi

Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Tashkent- sustainable city"(Toshkent - barqaror shahar) mavzusida seminar o'tkazildi.

Seminarning maqsadi - kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo'yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo’ldi.

Shuningdek, seminarda Toshkentning uzoq kelajagi uchun shiddat bilan rivojlanib borayotgan shaharda vujudga keladigan muammolarning arxitektura va muhandislik bilmlarini taqdim etish, hamda texnologik yechimlarini muhokama qilindi.

Seminarda arxitektura va shaharsozlik masalalari bilan bevosita bog'liq bo'lgan har ikki tomonning vazirliklari, biznes va akademik doiralari ma'ruzachilari nutq so’zladilar.

P.S. Tadbir Italiya tashqi ishlar vazirligi va xalqaro hamkorlik hamda Italiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi ko'magida o'tkazildi.