Turin Politexnika universitetida xalqaro konferensiya tashkil etildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Koreyaning 100 ga yaqin olimlarini jalb qilgan holda, joriy yilning 10-13-avgust kunlari “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiya tashkil etdi.

Konferensiya gibrid (offlayn va onlayn) shaklda o’tkazilib, unda, Koreya, Italiya, Turkiya, Indiya, Pokiston kabi davlatlardan ishtirokchilar qatnashmoqda.

Halqaro konferensiya tashkilotchilari:

• Koreya Milliy Transport universiteti
• Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti,
• Koreya elektr muhandislari instituti
• Toshkent Аxborot texnologiyalari Universiteti
• Toshkent Davlat transport universiteti sanaladi.

Ushbu konferensiyaning maqsadi, muqobil energetika, transport va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-oʼqituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sanaladi.