Turin universitetida yangi texnologiyani qo‘llash bo‘yicha memorandum imzolandi

2021-yilning 21-sentabr kuni Toshkentdagi Turin politexnika universitetida “hyperMILL® - press-shakllar va shtamplarni ishlab chiqarishdagi innovatsion CAM- yechim” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar doirasida “OPEN-MIND Technologies AG”, “ABM-TECHNIK” hamda Turin universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, hyperMILL® innovatsion texnologiyasi avtomobilsozlik, aerokosmik sohalarida hamda tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarishda keng qo‘llanib kelinmoqda.






