«Turizm bilan bogʼliq transport xizmati bozorini rivojlantirish» mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Oʼzbekiston turizm transporti uyushmasi tomonidan, Turizm va madaniy meros vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar Transport boshqarmasi bilan hamkorlikda bugun, 22-iyul kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun “Turizm bilan bogʼliq transport xizmati bozorini rivojlantirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, mazkur uchrashuv 3 qismdan iborat:

Turizm transporti sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar, yangi loyiha hamda tashabbuslar boʼyicha taklif va tavsiyalar muhokamasiga bagʼishlangan davra suhbati;
Turizm bilan bogʼliq transport xizmati bozorini rivojlantirish boʼyicha tadbirkorlarning taklif va tavsiyalari;
Turizm transporti sohasini rivojlantirish boʼyicha tegishli hamkor tashkilotlar oʼrtasida hamkorlik memorandum loyihalarining imzolash marosimi tashkil etildi.