Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi

O‘zbekistonda ikkita yangi vazirlik – Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Aziz Abduhakimov Turizm va madaniy meros vaziri, Adham Ikromov esa Sportni rivojlantirish vaziri etib tayinlandi.

2022-yil 18-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov (sobiq Turizm va sport vaziri) nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adham Ikramov (sobiq SSP raisi) nomzodi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.