Turkish Airlines Buxoroga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

Turkish Airlines Buxoroga parvozlarni yoʻlga qoʻyib, Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Urganchga reyslar sonini oshirmoqda.

Buxoroga parvozlar 7-iyundan boshlab amalga oshiriladi. Bu haqda aviakompaniya bosh direktori Bilol Ekshi ma’lum qildi.

Bundan tashqari, turk aviatashuvchisi O‘zbekistonning boshqa shaharlari bilan parvozlar chastotasini oshirmoqda. Shuningdek, 9-maydan boshlab Toshkent va Istanbul oʻrtasidagi reyslar soni haftasiga 17 tagacha, Istanbul va Fargʻona (10-maydan) haftasiga 3 tagacha, Istanbul va Samarqand (10-maydan) 4 tagacha hamda, Istanbul va Urganch (16-maydan) haftasiga 2 tagacha koʻpaytiriladi.