Turkish Airlines Buxoroga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻydi

Joriy yilning 7-iyun kuni soat 07:42da “Turkish Airlines” samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, an'anaga asosan Buxoroga qo’ngan “Turkish Airlines” samolyoti suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.

Istanbul — Buxoro — Istanbul yo'nalishi bo'yicha reyslar birinchi marta muntazam ravishda yo’lga qo’yilmoqda. Parvozlar qulay Boeing va Airbus samolyotlarida, haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.