“Turkiston – turkiy davlatlarning maʼnaviy poytaxti”

Joriy yilning 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti boʼlib oʼtdi. Videokonferentsiya shaklida tashkil etilgan mazkur tadbir “Turkiston – turkiy davlatlarning maʼnaviy poytaxti” deya nomlandi. Unda kengashga aʼzo davlatlar – Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston hamda Oʼzbekiston Prezidentlari ishtirok etdi. Undan tashqari Qogʼistonning birinchi prezidenti, elbasi, Kengashning fahriy raisi Nursulton Nazarboev hamda kuzatuvchi davlat – Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Kengash bosh kotibi Bog'dod Amreyev qatnashdi. Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev oʼz nutqida Kengash aʼzosi boʼlgan, tili, dini, bozoriyu mozori bir boʼlgan xalqlarning milliy qariyatlari, anʼanalari haqida soʼz yuritib, ushbu qardosh mamlakatlarning taraqqiyot yoʼli ham bir ekanligi xususida oʼz mulohazalarini bayon etdi. Shu bilan birga mamlakatlarning soʼnggi oʼn yillikda erishgan yutuqlari, qoʼlga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida soʼzlab, bundan buyon hamkorlikda amalga oshirilajak barcha ishlarda Oʼzbekiston har bir davlat bilan bir tanu bir jon ekanligini bildirdi. Kengash aʼzosi boʼlgan barcha davlat rahbarlari sammitda soʼzga chiqib, koʼtarilgan maslalar yuzasidan oʼz fikrlarini bayon etdilar. Bildirilgan taklif va tavsiyalardan kelib chiqib Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining Turkiston dekloratsiyasi qabul qilindi.