Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag’dod Amreyev Qozog’iston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo’lladi

Bosh kotib o’z tabrigida “Turkiy Davlatlar Tashkilotining asoschisi va sodiq tarafdorlaridan biri bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni yetkazish va qardosh xalq, rahbariyat va Qozog’iston hukumatiga eng ezgu tilaklarimni bildirish sharafiga muyassar bo‘ldim.” deya ta’kidladi.

Ma’lumot o’rnida: Qozog’iston Respublikasining ilk Prezidenti Nursulton Nazarboyev 1991-yil 16-dekabr kuni “Qozog’iston Respublikasi davlat mustaqilligi to’g’risida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzolagan.