Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti o’rtasida uchrashuv

2022-yilning 10-mart sanasida, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev Antaliya diplomatiya forumi doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar bilan uchrashdi.

Bosh kotib va Prezident Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi vaziyat va orolga yechim topish uchun olib borilayotgan diplomatik harakatlar haqida fikr almashdilar.

Tomonlar Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Turkiy davlatlar tashkiloti hamda uning tegishli tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni muhokama qildilar.

Xususan, TURKSOY, Turk akademiyasi va Turkiy madaniyat va meros fondi, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi delegatsiyasining Turkiy davlatlar tashkiloti va unga qarashli tuzilmalarning kelgusi davrdagi tadbirlarida ishtirok etishi muhokama qilindi.