Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Joriy yilning 10-mart kuni, Antaliya diplomatiya forumi doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev hamda Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Bosh kotib va vazir Chavusho’g’li Ukrainadagi so’nggi o’zgarishlar bilan bir qatorda Turkiy davlatlаr tashkilotiga a’zo davlatlar hamda mintaqaga siyosiy, iqtisodiy va gumanitar ta’sirlari haqida fikr almashdi.

Bosh kotib, shuningdek, vazirni Turkiy davlatlar tashkiloti Kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishtirdi va u bilan aʼzo va kuzatuvchi davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelajakdagi qadamlar bilan oʻrtoqlashdi.

Vazir Chavusho’g’li Tashkilot faoliyatining ortib borayotganini ta’kidlab, a’zo va kuzatuvchi davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishda Kotibiyatning rolini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.