Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Joriy yilning, 13-fevral kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev hamda Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda, Istanbul sammitida davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni, birinchi navbatda, tashkilotning iqtisodiy kun tartibiga bagʻishlangan masalalarni amalga oshirishga qaratilgan TDTga aʼzo davlatlar oʻrtasida olib borilayotgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Turkiy Davlatlar Tashkilotining boshqa mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi rivojlanib borayotganiga alohida to‘xtalib o’tdilar.

Shuningdek, uchrashuvda Turk dunyosidagi bugungi vaziyat va qo‘shni mintaqalardagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda global siyosatning dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashindi.