Turkiy Davlatlar Tashkiloti kotibiyatida yangi son taqdimoti

Bright Uzbekistan jamoasining Turkiyaga tashrifi doirasida Turkiy Davlatlar Tashkiloti kotibiyatida rasmiy uchrashuvlar bo'lib o'tdi va jurnalning yangi soni tashkilot mutasaddilariga topshirildi.
Xususan, Bosh kotib o'rinbosari va Bright Uzbekistan jurnalining tahririyat kengashi a'zosi Mirvoxid Azimovga hamda Bosh kotib o'rinbosari Omer Kocamanga jurnalning ikkinchi soni taqdim etildi.
Mirvoxid Azimov jurnalni juda yuqori darajada va saviyali kontent bilan boy bo'lganligini ta'kidlab, kelgusi qadamlarda o'z yordamini ayamasligini qayd etdi.
Shu o'rinda tahririyat nomidan Turkiy Davlatlar tashkilotiga va alohida Mirvoxid Azimovga loyihamiz rivoji yo'lidagi qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.






