Turkiy davlatlar tashkiloti O‘zbekiston-Qozog‘iston ittifoqchilik shartnomasini qo'llab - quvvatlaydi

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bagdad Amreyev 6 dekabr kuni tegishli deklaratsiyani imzolash orqali Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik munosabatlar ittifoqchi davlatlar darajasiga ko‘tarilgani munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.

“Ushbu tarixiy voqea turkiy xalqlarning ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, mushtarak til, tarix va buyuk madaniy meros bilan bog‘langan qardoshligining yorqin namunasidir. Prezidentlar va ikki qardosh davlatning siyosiy irodasi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlik kamarini yaratishga qaratilgan”, - dedi Amreyev.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi ular o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi, shuningdek, turkiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishiga yordam beradi hamda butun davlatlarning birligi va hamjihatligi yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilad deb hisoblaydi tashkilot.