Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2022-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Vladimir Norov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Yildirim Binali bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida Y.Binalini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, V.Norov unga yuksak va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi. Joriy yilning 9-11-fevral kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan Oqsoqollar kengashi yig‘ilishining samarali natijalari qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va TDT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Shu nuqtayi nazardan, Kengash faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.