Turkiy Davlatlar Tashkiloti Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Unga ko’ra, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasida davom etayotgan qurolli toʻqnashuvlardan jiddiy xavotir bildirgan va zudlik bilan o't ochishni to'xtatish hamda qarama-qarshiliklarni muzokaralar stoli atrofida siyosiy va diplomatik yo’l bilan hal qilishga chaqirgan.
Shuningdek, bayonotda qayd etilishicha, TDT tinch aholiga va fuqarolik infratuzilmasiga, shu jumladan davlat maktablariga nisbatan og‘ir harbiy qurollarni qo‘llash bilan qilingan tajovuzni qoralagan hamda maksimal darajada vazminlikni saqlashga va mavjud tinch vositalar yordamida hodisani jilovlash, keskinlikni pasaytirish uchun kechiktirmay choralar ko‘rishga chaqirgan.
Shuningdek, qayd etilishicha Turkiy Davlatlar Tashkiloti vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va TDT asoschisi boʻlgan Qirgʻiziston Respublikasining vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi hamda Markaziy Osiyoda mustahkam tinchlik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha muzokaralar muhimligini eslatadi.






