Turkiy Davlatlar Tashkiloti tarixiy Samarqandda

Joriy yilning 9-10-fevral kunlari Samarqand shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti delegatsiyasining ishchi guruhi ishtirokida forum bo’lib o’tadi.
Mazkur forumda Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkiya, Vengriya va Turkmanistondan vakillar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek forum doirasida:
“Tabarruk ziyorat” loyihasi muhokamasi;
2022-yilda “Qo’qon shahri Turkiy kengashining turizm poytaxti” deya e’lon qilinishi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazish muhokamasi;
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida turizm sohasidagi hamkorlik kabi mavzularda uchrashuvlar tashkil etiladi.






