Turkiy davlatlar tashkiloti tashqi ishlar vazirlari Kengashining Qozog'istondagi vaziyat yuzasidan bayonoti

Turkiy davlatlar tashkiloti a'zolari va kuzatuvchilari xalqlar o'rtasidagi qardoshlik aloqalarini yana bir bor tasdiqlaydi.

Turkiy davlatlar tashkiloti tashqi ishlar vazirlari Kengashi:

Voqealar paytida hayotdan ko'z yumganlar uchun ta'ziya izhor etdi va jarohatlanganlarga shifo tiladi.

A'zo davlatlar Qozog'iston va uning qardosh xalqini mustahkam qo'llab-quvvatlashini va o’zaro hamjihatlikni yana bir bor tasdiqladi.

Mintaqada va uning tashqarisida barqarorlik va xavfsizlik uchun, Qozog'istonda tinchlik va barqarorlik muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Hayotni tahlikaga soluvchi, jamoat tartibiga putur yetkazuvchi va mulkka zarar yetkazuvchi zo'ravonlik va vandalizm harakatlarini qoraladi.

Qozog‘iston hukumati jamoat tartibini va normal holatni zudlik bilan tiklashga qodirligiga ishonishini ta’kidladi.

Xalqaro huquqning asosiy normalari va tamoyillarini qo'llab-quvvatlash muhimligini ta'kidlab, Qozog'iston hukumatining konstitutsiyaviy tuzumni yo'q qilishni maqsad qilgan terrorchilar, radikallar, ekstremistlar va jinoyatchilarga qarshi aksilterror amaliyotlarini qo'llab-quvvatladi.

"Turkiy dunyo nigohi - 2040" hujjatiga ichki va xalqaro muammolarni hal etishda muvofiqlashtirish, hamkorlik va o'zaro yordam ko'rsatish bo'yicha dasturilamal sifatida e'tibor qaratdi.

Qozog'iston xalqi va hukumatini, kerak bo'lsa, hozirgi inqirozni bartaraf etish uchun qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini takrorladi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning qardosh Qozog‘iston xalqi farovonligi va yuksalishini yanada oshirishga qaratilgan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi bu borada yaqin hamkorlik va maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.