Turkiy davlatlar tashkiloti Transport vazirlari majlisi boʼlib oʼtadi

Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Аxborot xizmati xabariga ko’ra, joriy yilning 27-28-oktabr kunlari Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti transport vazirlari majlisi boʼlib oʼtadi.

Tadbirda tashkilotga aʼzo davlatlar oʼzaro hamkorlikda xalqaro yuk tashuvlari jarayonlarini yanada rivojlantirish, mintaqa tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, muqobil transport yoʼnalishlarini rivojlantirish bilan bogʼliq masalalarni muhokama etishlari kutilmoqda.

Tadbir doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yoʼl maʼmuriyatlarining birinchi uchrashuvi hamda TDT aʼzo davlatlar portlari rahbarlari beshinchi uchrashuvi oʼtkaziladi.

Yigʼilish yakunlari boʼyicha Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar oʼrtasida xalqaro aralash yuk tashish toʼgʼrisida Bitim va Transport sohasida oʼzaro bogʼliqlik dasturi kabi hujjatlarning kelishilishi kutilmoqda.