Turkiy davlatlar tashkiloti Xalqaro turkiy tillar kunida ishtirok etdi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Sultonbay Rayev 2021-yil 15-dekabr kuni Turkiyaning UNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan “Xalqaro turkiy tillar kuni”da ishtirok etdi.

Bosh kotib o‘rinbosari Sultonbay Rayev o‘z nutqida turkiy tillarning milliy o‘zlikni shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, tashkilotning 8-sammiti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot to‘g‘risidagi nizom imzolangani hamda "Turkiy Vizyon 2040" hujjati kuchga kirgani haqida ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, Tashkilot nomidan “Turkiy tillar kuni”ning xalqaro miqyosda rasman e’lon qilinishi bilan tabriklab, TDT turkiy til qadriyatlarini rivojlantirish, integratsiya va mustahkamlashga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Altay Dilmer direktori, professor doktor Nergis Biray boshchiligidagi online yig‘ilishda a’zo davlatlarning tashqi ishlar va ta’lim vazirliklarining yuqori darajali mutasaddilari, UNESKO Milliy komissiyasi, TURKSOY, TURKPA, Turkiy tillar akademiyasi, Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi, Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston haamda Turkmanistondan professor-o‘qituvchilar, rektorlar, olimlar, tadqiqotchilar va elchixonalar vakillari ishtirok etdi.