Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo mamlakatlar Turizm vazirlarining 7-yig'ilishi

Xabaringiz bor, Bright Uzbekistan jamoasi navbatdagi ijodiy safar bilan Azarbayjonda bo'lib turibti va bu yerda TDT ga a'zo mamlakatlarning Turizm vazirlarini navbatdagi yig'ilishi Shamaxi shahrida bo'lib o'tmoqda. 

Yig'ilish TDT bosh kotibi Bag'dod Amreyev va turizm bo'yicha davlat agentligi rahbari Fuad Nagiyev raisligida, TDTga a'zo mamlakatlar va kuzatuvchi mamlakatlar Turizm vazirlari, turizm sohasidagi mas'ul ekspertlar, Ozarbayjonda diplomatik vakolatxonalar vakillari va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

O'zbekiston tomondan tadbirda Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abdukhakimov ishtirok etdi. 

Anjuman davomida, TDTga a'zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlar o'rtasida parvozlar sonini ko'paytirish, Ipak yo'lining sayyohlik salohiyatini aniqlash-bilim va tajriba almashish, "Zamonaviy Ipak yo'li bo'ylab qo'shma tur", qishki turizm, golf turizmi sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi va "Turk dunyosining 2023-yildagi turizm poytaxtini" tasdiqladilar.