Turkiy Davlatlar Tashkilotining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 3-4-fevral kunlari Istanbul shahrida TDTning Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev raisligida Turkiy Davlatlar Tashkilotining 32-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada tashkilotning a’zo va kuzatuvchi davlatlarining tashqi ishlar vazirliklari hamda idoralar vakillaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etdi.

Delegatsiyalar 2021-yil 12-noyabrda Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan TDT 8-sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni ishlab chiqdilar va yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etish boʻyicha hamkorlikning yangi mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, delegatsiyalar Turk dunyosidagi hamkorlik mexanizmlarining institutsional tuzilmasini mustahkamlovchi zarur hujjatlarni yakunlash masalalarini muhokama qildilar.