Turkiy Davlatlar Tashkilotining OAV va axborot sohasiga mas’ul vazirlari hamda mansabdor shaxslarining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-may kuni Istanbulda Turkiy Davlatlar Tashkilotining OAV va axborotga mas’ul vazirlari hamda oliy mansabdor shaxslarining 4-uchrashuvi Turkiya Respublikasi Prezidentligining Aloqa bo‘yicha direktori Fahrettin Altun va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag'dod Amreyev ishtirokida bo’lib o’tdi.

Tadbirga Bag'dod Amreyev tomonidan boshchilik qilindi. Unda Hikmet Hajiyev (Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Prezident Administratsiyasining tashqi siyosat masalalari bo‘limi mudiri), Askar Umarov (Qozog‘iston Respublikasi axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri), Salkyn Sarnogoeva (Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi axborot siyosati boshqarmasi boshligʻi), Asadjon Xodjaev (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori), Peter Sztaray (Vengriya xavfsizlik siyosati davlat kotibi) va Ishankuli Amanliyev (Turkmanistonning Turkiyadagi elchisi) ishtirok etdi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an yig'ilishga videomurojaat yo'lladi. Bosh kotib Bag‘dod Amreyev o‘zining nutqida OAV va axborotning muhimligini, shuningdek, ijtimoiy media va yangi media vositalarining ta’siri kuchayib borayotganini ta’kidladi va TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida hamkorlik va muvofiqlashtirishni oshirish uchun barcha sa’y-harakatlari ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.

Bosh kotib kelgusi davrda televideniyeda qo‘shma yangiliklar va dasturlar tayyorlash, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun almashinuv dasturlari, davlat va xususiy teleradiokompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, Turkiy tillar axborot agentliklari ittifoqi hamda “Jurnalistlar uyushmasi”ni tashkil etish kabi loyihalar amalga oshirilishini ta’kidladi.