Turkiy Davlatlatlar Tashkiloti Qozog’istonda bo’layotgan voqealarga fikr bildirdi

Shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlar zarur hollarda Qozog‘iston xalqi va hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealarni hisobga olgan holda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar:
Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikka katta ahamiyat berishlarini ta’kidlab, ushbu a’zo davlat bilan mustahkam birdam ekanliklarini izhor etadi;

Qardosh qozoq xalqining donoligi va normal hayotga qaytish istagiga ishonch bildiradi;

Qozog‘iston hukumatining taranglikni tinch yo‘l bilan yumshatish, osoyishtalik va tartibni tiklashiga ishonch bildiradi;

Zarur hollarda Qozog‘iston xalqi va hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildiradi;

Ushbu voqealarda halok bo'lganlarga hamdardlik va jarohatlanganlarga tezroq sog'ayib ketishni tilab qoladi.