Turkiy dunyo rahbarlari birgalikda suratga tushdilar

Samarqandda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yigʼilishi boshlandi. Tadbirdan avval ishtirokchilar birgalikda suratga tushdilar.
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raislik qilayotgan yigʼilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Аliev, Qirgʼiziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozogʼiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼan, kuzatuvchi mamlakat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni - Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bagʼdod Аmreev ishtirok etmoqda.






