Turkiy dunyo yelkama - yelka turmoqda

Turkiya Respublikasining Janubiy va janubi-Sharqiy mintaqalarida sodir bo'lgan dahshatli zilzilalar natijasida yuzaga kelgan keng ko'lamli zarar va o'lim oqibatlariga Turkiy dunyohamdardlik bildirib, birodaru opa-singillarni qo'llab-quvvatlamoqda.
Favqulodda vaziyatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf etish va yordam ko'rsatish uchun mas'ul bo'lgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a'zo va kuzatuvchi mamlakatlarning milliy organlari zudlik bilan Turkiya ichki ishlar vazirligi huzuridagi AFAD-tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boshqarmasi bilan kelishilgan holda ish boshladilar.
TDT mamlakatlari Turkiyaga yordam berish uchun professional qidiruv-qutqaruv guruhlarini, tibbiy va texnik jihozlarni va gumanitar yordamni yuborishdi.
Turkiy davlatlar rahbarlari prezident Rejep Tayyip Erdog'anga qo'ng'iroq qilib, Turk jamoatchiligiga eng yaxshi tilaklarni yo'llab, ta'ziya izhor etdilar.
Turkiy xalqlar, fuqarolar, zilziladan zarar ko'rgan birodarlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali qo'llab-quvvatlash xabarlarini yuborishdi. Turkiy dunyodagi nodavlat tashkilotlar, davlat va xususiy muassasalar ham halokatli zilzila qurbonlariga yordam berish uchun gumanitar va moliyaviy yordam yig'ishni boshladilar.
TDT Bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev prezident Erdog'anga ta'ziya yo'lladi va birdamlik bayonotini berdi. TDT shtab-kvartirasidagi bayroqlar Turkiyadagi 7 kunlik milliy motam munosabati bilan yarmiga tushirildi. TDT kotibiyati zilziladan zarar ko'rgan odamlarga yordam berish bo'yicha ishlarini davom ettirmoqda. TDT kotibiyati xodimlari AFAD orqali ham moliyaviy yordam ko'rsatdilar.






