Turkiy dunyo yoshlari bog'i - qardosh elatlar rishtalarining yangi davr belgisi

Buxoro Yoshlar markazida “Buxoro shahri birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” monumenti va “Turkiy dunyo yoshlari bogʼi”ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Tadbirda bir qator faxriy mehmonlar, jumladan, Turkiy Davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag’dod Amreyev, Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so'zga chiqib, mazkur bog'ning ochilishi turkiy qardosh davlatlarning do'stligi va madaniy yaqinligining ramziy belgisi bo'lib xizmat qilishini alohida ta'kidlab o'tdi.






