Turkiy Kengash delegatsiyasi

Joriy yilning 15-16 aprel kunlari Turkiy Kengash delegatsiyasi "ASAN Service" ning ilg'or amaliyot va tajribasi bilan tanishish uchun Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibiga Kotibiyat mansabdor shaxslari va Qozog'iston, Turkiya va O'zbekiston elektron hukumati vakillari kiradi. 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Ulvi Mextiyev delegatsiyani qutladi hamda "ASAN Service" va "One-stop-shops" markazlarining maqsad va faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Ta'kidlash joizki, modernizatsiya qilingan ilg'or axborot texnologiyalaridan foydalanish Ozarbayjon fuqarolari va yuridik shaxslar hamda xorijiy rezidentlar uchun muhim davlat va xususiy xizmatlardan samarali va oshkora foydalanish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Turkiy Kengash delegatsiyasi va Ozarbayjonning Transport, aloqa va yuqori texnologiyalar vazirligi vakillari o’rtasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Uchrashuvlar davomida elektron hukumat portalini shakllantirish tajribasi, elektron imzolardan  foydalanish kabi  masalalar muhokama qilindi.