Turkiy kengash doirasida futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Turkiy kengash Bosh kotibi Bagdad Amreyev O'zbekiston futbol Assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashuvi chog'ida Tashkilotga a’zo mamlakatlarda futbolni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

B.Amreyev tomonidan Turkiy dunyoni ommalashtirish va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiluvchi, Turkiy kengash homiyligida a’zo mamlakatlardan birining superkubok uchrashuvlarini boshqasining hududida tashkil etish taklif qilindi.

Shuningdek, tomonlar futbolning rivojlanishiga xizmat qiluvchi, a’zo mamlakatlar o'rtasida "U23", "U21", "U19", "U17", "U16" o'smirlar va yoshlar kubogini tashkil qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqishdi.

Shuningdek, tomonlar futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirish jarayonlariga ilg'or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish bo'yicha fikr almashdilar.