Turkiy kengash sammiti videokonferensiya orqali o'tkaziladi

Avval xabar berganimizdek, 31 mart kuni Turkiy kengashning sammiti Turkiston shahrida bo'lib o'tishi kerak edi, koronavirus tarqalishi bilan bog'liq vaziyat tufayli 31 mart kuni Respublikada o'tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitini (TTDHK, Turkiy kengash) videokonferensaloqa ko'rinishida o'tkaziladi. Bu haqda seshanba kuni Qozog'iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi."Epidemiologik vaziyat bilan bog'liq holda Qozog'iston tomoni 31 mart kuni Turkiston shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Turkiy Kengashning norasmiy sammitini videokonferensaloqa orqali o'tkazishga qaror qildi. Ushbu qaror to'g'risida TTDHK Kotibiyatiga rasman xabar berildi.Shu bilan birga, Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yig'ilishda barcha TTDHK ga a'zo davlatlarning rahbarlari va ushbu tashkilotning kuzatuvchisi bo'lgan Vengriya Bosh vaziri ishtirok etishini aytib o'tdi.17 mart kuni Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati sammit yakunlari bo'yicha Turkistonni turk dunyosining ma'naviy poytaxti deb e'lon qilish to'g'risida deklaratsiya imzolanishi kutilayotganligini ma'lum qildi.