Turkiy Kengashning Bosh kotibi Antaliyadagi diplomatik forum doirasida Turkiyaning sobiq Bosh vaziri bilan uchrashdi

Antaliyada 2021 yil 18-20 iyun kunlari "Innovatsion diplomatiya: yangi davr, yangi yondashuvlar" mavzusida diplomatik forum bo'lib o'tdi.

Diplomatik forum doirasida Turkiy Kengashning Bosh kotibi Bag'dod Amriyev Turkiya Buyuk Millat Majlisining sobiq spikeri va Turkiya sobiq Bosh vaziri Binali Yildirim bilan muzokaralar o'tkazdi.

Bosh kotib B. Yildirimga Turkiy Kengash Kotibiyatining dolzarb ishlari to'g'risida ma'lumot berdi hamda a'zo davlatlar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rivojlantirish bo'yicha keyingi qadamlar haqida gapirib berdi.

Turkiy Kengashning Oqsoqollar Kengashi a'zosi etib tayinlangan B. Yildirim Tashkilotning faolligi oshganligini va Turkiy Kengashning a'zolari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirishda Kotibiyatning rolini yanada kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.