“TURKIY TILLI DАVLАTLАR HАMKORLIK KENGАShINI TURKIYa HАMIShА QOʼLLАB-QUVVАTLАYDI”

Bu haqda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining Turkiya Prezidenti bilan uchrashuvida Erdoʼgʼan alohida taʼkidladi.
Turkiya Prezidenti Rejap Toyyib Erdoʼgʼan Turkiy tilli davlatlar kengashi bosh kotibi Bogʼdod Аmrievni qabul qildi.
Samimiy ruxda kechgan muloqotda Kengashning bugungi faoliyati, 31 mart kuni boʼlib oʼtadigan norasmiy sammit, shuningdek, Istambulda oʼtkaziladigan 8-sammitda koʼriladigan mavzular, hamda dunyoda va Kengashga aʼzo mamlakatlarda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar muhokama etildi. 
Hozirgi global muammolarga boy davrda turkiy davlatlarning birdamligi masalasidagi mavzular suhbat asosi boʼldi.
Suhbat davomida Kengash faoliyatiga dunyo mamlakatlari tomonidan qiziqish tobora ortib borayotgani ham alohida taʼkidlandi.
R.Erdoʼgʼan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini Turkiya hamisha qoʼllab quvvatlashini, bu yoʼlda har qanday hamorlik loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekanligini alohida aytib oʼtdi.
B.Аmriev samimiy qabul uchun Turkiya Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.