Turkiya hamda turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar

Shu yilning 11 noyabr kuni Istambul (Turkiya) shahrida turkiy tilli mamlakatlar mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammiti arafasida tashkil etilgan “Turkiya hamda turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar” konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbir Turkiy Kengashga a’zo mamlakatlarda savdoni rivojlantirishning yangi vositalarini ishlab chiqish va investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Konferensiya ishtirokchi mamlakatlarning davlat va xususiy sektori vakillari uchun barqaror va inklyuziv o‘sishni ta’minlash va ko‘p tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni muhokama qilish va birgalikda belgilash uchun ochiq platformaga aylandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Turkiy Kengashga a’zo davlatlarining o‘tgan 30 yil davomida erishgan yutuqlarini muhokama qilib, turkiy tilli respublikalarning yaqin kelajakda iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashdilar. Ishtirokchilar orasida nafaqat mamlakatlar hukumatlarining vazirlari, balki rasmiy va jamoat tashkilotlari, shuningdek, a’zo mamlakatlarning davlat va xususiy sektorlari vakillari ham bor.

Anjuman o‘z ishida davom etmoqda. Tadbir dasturiga turkiy davlatlarning bir xil nigohlarini belgilash maqsadida Turkiy kengash mamlakatlari vazirlarining yig‘ilishi, bir qator panel muhokamalar, tadbirda ishtirok etgan rasmiylarning ikki tomonlama uchrashuvlari, shuningdek, “B2B” va “B2C” shaklidagi uchrashuvlar kiritilgan.