«Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston sammiti» Turkiy dunyodagi muhim voqeaga aylandi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston sammitni “muhim voqea” deya taʼriflab, “uch qardosh xalq oʻz aloqalarini mustahkamlash va Turk dunyosining porloq kelajagi yoʻlida harakat qilish uchun birlashmoqda” deya ta’kidladi.

“Ozarbayjon, Turkiya va Turkmaniston rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlar, shuningdek, savdo, madaniyat, energetika, transport kabi sohalarda turli hujjatlarning imzolangani har tomonlama munosabatlarimizni yanada mustahkamlash va hamkorlik doirasidagi aloqlarni kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz – deya qo’shimcha qilgan TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev.

Shuningdek, u uch davlat o‘rtasidagi aloqalarning kengayishi “butun Turk dunyosini birlashtirish va mustahkamlash jarayonida olg‘a qo‘yilgan katta qadam” ekanini ta’kidladi.

“Bu chinakam qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi allaqachon mustahkam hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Turkmaniston g’arbidagi Avaza shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog’an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov o’rtasida bo’lib o’tgan uch tomonlama sammitdan so’ng bayonot berib, uch davlat o’rtasida turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qadamlar muhokama qilindi.

Uchlik o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan savdo, madaniyat, energetika va transport kabi turli sohalarda beshta shartnoma imzoladi.