Turkiya O‘zbekistonning vaksina olganlik to’g’risidagi sertifikatlarini tan oladi

O‘zbekiston va Turkiya koronavirusga qarshi milliy darajada, jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ko‘rilayotgan shoshilinch chora-tadbirlarni baholab, koronavirusga qarshi emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Unga ko’ra:

tomonlar vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlashni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladilar;
tomonlar emlash sertifikati egasiga COVID-19 virusi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz tomonlar davlatlarining hududiga to‘siqsiz kirishini kafolatlaydi;
milliy yoki JSST tomonidan tasdiqlangan dorilar bilan to'liq emlangan ikki mamlakat sayohatchilari ushbu qoidalardan dori tegishli organlar tomonidan tasdiqlangandagina foydalanadilar.