Turkiya Prezidenti BAAga tashrif buyuradi

Joriy yilning 14-15 fevral kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi.

Turkiya rahbari BAAga Abu-Dabi valiahd shahzodasi, mamlakat Qurolli kuchlari Oliy qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahyan hazratlari taklifiga binoan kelmoqda.

Muloqot chog‘ida yetakchilar Turkiya va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish jihatlariga har tomonlama baho beradi, hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qiladi. Tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish va saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida mintaqaviy va xalqaro voqealar yuzasidan fikr almashinadi.

Ma’lumotlarga ko’ra, prezident rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan Dubayda bo‘lib o‘tadigan “EXPO-2020” jahon ko‘rgazmasidagi Turkiya milliy paviloniga tashrif buyuradi.