Turkiya Prezidenti Islom Karimovning taraqqiyot yo‘lida amalga oshirgan xizmatlarini yodga oldi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining faxriy mehmoni –Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Qur’on oyatlari tilovat qilindi.
Islom Karimovning mustaqil O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan xizmatlari yodga olindi.






