Turkiya prezidenti O’zbekistonga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an joriy yilning 29-31-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi va tashrifi doirasida strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.
24-mart kuni Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbatning asosiy mavzularidan biri mart oyi oxirida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalasi bo‘ldi.
P.S. Mazkur yig’ilishga Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari raislik qiladi.






