Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’gʼan zilziladan keyin murojaat bilan chiqdi

Turkiya yetakchisi zilzila vayron qilgan 10 ta viloyatda 3 oy muddatga favqulodda holat joriy qildi. Uning soʼzlariga koʼra, ofat jami 13 mln aholiga ega viloyatlarga taʼsir koʼrsatgan. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun joylarda 53 ming kishi safarbar qilingan. Soʼnggi maʼlumotlarga koʼra, 3 549 kishi halok boʼlgan, 22 168 kishi jarohatlangan.